AsosiyJamiyat

Endi Toshkentda avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘laganlar jarimaga tortiladi

Ogohlantirishga qaramay naqd pul to‘lagan yo‘lovchi 37 500 so‘m miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

'Endi Toshkentda avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘laganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi
Avval xabar qilinganidek, Toshkent shahridagi barcha avtobuslarda 1 yanvardan yo‘lkira to‘lovlarini naqd shaklda to‘lash to‘xtatildi. Buning ortidan transport yoki bank kartasi bo‘lmagan yo‘lovchilarning bir martalik chiptalarga ehtiyoji ortadi.

Endilikda yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchi jarimaga tortiladimi? O‘zAda ushbu savolga javob berildi.

– Poytaxtimizda 1 yanvardan avtobuslarda naqd pul orqali to‘lovlar qabul qilinmaydi, – deydi Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Allayor Norbo‘tayev. – Chiptachilardan voz kechiladi. Yo‘lkira uchun to‘lovlarni naqd to‘lash amaliyoti bekor qilinishi ortidan chiptachilar faoliyatidan voz kechiladi. Chiptachilar bilan shartnomalarni bekor qilish mehnat qonunchiligi asosida amalga oshiriladi, ularga dastlab bu borada ogohlantirish xatlari berilgan. Bugungi kunda poytaxtimizda 2644 ta avtobekat bo‘lsa, ular atrofiga 5500 ta QR-chiptalar olish uchun shoxobchalar o‘rnatilgan. Ayni damda poytaxtdagi mavjud bo‘lmagan bekatlarga infokiosklarni integratsiya qilish ishlari ketmoqda. Agar siz naqd pul orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lsangiz, QR-chiptani xarid qilish uchun to‘lov infokiosklaridan foydalanishingiz mumkin. Bir martalik to‘lov uchun QR-chipta olsangiz yo‘l haqi 3000 so‘m, “ATTO” kartasi yoki mobil ilova orqali to‘lashda 1700 so‘mni tashkil etmoqda. Bir martalik QR-chiptadan foydalanish uchun avtobus bekatlarida QR-chiptalar olish uchun shoxobchalar o‘rnatilgan.  

Shu o‘rinda aytish joiz, olgan bir martalik chiptangizga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishingiz kerak. Chiptani tekshirish uchun qatnov oxirigacha saqlash lozim. Barcha “ATTO” kartalarida o‘tish tariflari amal qiladi.  

– Endilikda yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchi jarimaga tortiladimi?  

– Agar yo‘lovchi yo‘l haqini naqd ko‘rinishda qabul qiladigan bo‘lsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak, – deydi Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev. – Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda haydovchiga ham yo‘lovchiga ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi.  

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi hamda 145-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ya’ni, yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan biri miqdorida jarima belgilanadi. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 ming bo‘lsa, 37 ming 500 so‘m miqdorida fuqaro jarimaga tortiladi. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha avtobuslarga nazorat kameralari o‘rnatilgan.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida fevraldan issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:04

    Toshkent viloyatida fevraldan issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi

    Issiqlik va issiq suv tariflarini 2025 yil davomida 2 marotaba oshirish ko‘zda tutilgandi.

    'Endi radardan kelgan shtarfni bitta telefon orqali o‘chirsa bo‘ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:44

    Endi radardan kelgan shtarfni bitta telefon orqali o‘chirsa bo‘ladimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

    'Toshkent aeroportida O‘zbekistondan xorijga AQSH dollari olib chiqib ketishga bo‘lgan urinishlar ortdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:09

    Toshkent aeroportida O‘zbekistondan xorijga AQSH dollari olib chiqib ketishga bo‘lgan urinishlar ortdi

    Xorijiy valyutalarni olib chiqib ketish holatlari Nyu-York, Istanbul, Pekin va Bishkekka uchib ketayotgan yo‘lovchilar orasida aniqlangan.

    'Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘laganlar jarimaga tortilishi haqidagi xabarlar asossiz — Transport vazirligi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:47

    Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘laganlar jarimaga tortilishi haqidagi xabarlar asossiz — Transport vazirligi

    Toshkent shahrida 1 yanvardan boshlab, avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatilgan.

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 22:17