AsosiyDunyo

Shvarsenegger Trampning prezidentlik bilan birga prodyuserlik qilish fikrini qo`llab-quvvatladi

Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger AQShning yangi prezidenti Donald Trampning NBC kanalida namoyish etiladigan The Celebrity Apprentice realiti-shousida ijrochi prodyuser vazifasini bajarishini qo`llab-quvvatladi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Ko`rsatuvda Arnold Shvarseneggerning o`zi boshlovchilik qiladi.

Ilgari Tramp prezident bo`lib saylanganiga qaramay, realiti-shouning ijrochi prodyuseri vazifasida qolishi haqida xabar berilgandi.  Tramp 2004 yildan beri mazkur ko`rsatuvning ijrochi prodyuseri va boshlovchisi vazifasini bajarib kelgan. Shouning reytingi yuqori bo`lib, uch marotaba “Emmy”  mukofotini qo`lga kiritgan. 

Shvarsenegger buni “shunchaki biznes” deb atadi, chunki uning o`zi ham Kaliforniya shtati gubernatori vazifasida ishlayotganda “Terminator” filmi uchun  gonorar olgan. U Trampning o`rniga boshlovchilik qilish  gardaniga “yuksak mas`uliyat” yuklashini ma`lum qildi.

Oktyabr oyida  Shvarsenegger respublikachilar tomonidan prezidentlikka nomzodi qo`yilgan Donald Trampni saylovda qo`llab-quvvatlamasligini ma`lum qilgan edi.

Boshqa yangiliklar