AsosiyJamiyat

Endi kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom shakllantirilib, prezidentga axborot berib boriladi

2025 yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.

'Endi kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom shakllantirilib, prezidentga axborot berib boriladi'ning rasmi

“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-1-son) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko‘ra, mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.

 Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator yo‘l xaritalari hamda 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, Dastur va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini nazorat qilib borish uchun Bosh prokuratura huzurida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi tuziladi.

Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi.

Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o‘rinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.

Mas’ullar faoliyati har oy yakunida – ichki ishlar vaziri huzurida, har chorak yakunida – Bosh prokuror huzurida, har yarim yilda Bosh vazir huzurida tanqidiy muhokama qilinadi, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘istondan O‘zbekistonga yer ostidan o‘tkazilgan quvur orqali benzin tashilayotgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:36

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga yer ostidan o‘tkazilgan quvur orqali benzin tashilayotgani aniqlandi

    Qibray tumani hududiga yer ostidan o‘tkazilgan taxminan 300 metr uzunlikdagi quvur ichiga shlang joylashtirish orqali AI-92 markali benzin olib o‘tilgan.

    'Toshkent aeroporti “stoyanka”sida turgan mashina yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:46

    'Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:10

    Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi

    Respublikada harorat 0 daraja sovuqqacha pasayadi.

    'Shavkat Mirziyoyev Turkiya kurortida sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2025 20:52

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya kurortida sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi

    Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2025 15:57

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    '"O‘zbekistonga kartoshka importi faqat Qozog‘istonga bog‘lanib qolmagan"'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2025 15:26

    "O‘zbekistonga kartoshka importi faqat Qozog‘istonga bog‘lanib qolmagan"

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston kartoshka eksportini cheklashi ortidan O‘zbekistonda kartoshka narxi oshgani yuzasidan munosabat bildirdi.