AsosiyJamiyat

Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi.

'Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi'ning rasmi

“KfW” banki (Germaniya Federativ Respublikasi) ishtirokidagi “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-18-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga ko‘ra, “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi bo‘yicha quyidagilar tasdiqlandi:

loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

loyihani amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq va foizlar to‘lashning prognoz jadvali;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti;

xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, grantlardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston va “KfW” banki o‘rtasida imzolangan qarz va grant bitimlari bo‘yicha yuridik xulosa beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki vakillari bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2025 22:22

    Saida Mirziyoyeva UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

    Ular ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlar masalalari gaplashdi.

    '“Tashkent city"dagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2025 20:41

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2025 19:43

    'Buxorolik ayol farzandini dunyoga keltirish vaqtida tug‘ruqxonada vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2025 18:40

    Buxorolik ayol farzandini dunyoga keltirish vaqtida tug‘ruqxonada vafot etdi

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali xotinining o‘limida tibbiyot xodimlarini ayblagan erkakka SSB javob berdi.

    'O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2025 18:24

    O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi

    Reyting Britaniyaning "Times Higher Education" tashkiloti talqiniga ko‘ra tuziladi.

    'Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirlarini tashkil qilganlar jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2025 10:26

    Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirlarini tashkil qilganlar jarimaga tortildi

    Bunday qonunbuzilish uchun jarima BHMning 200 baravari, ya’ni 75 mln. so‘m etib belgilangan.