AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Kengashi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Unda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

'Shavkat Mirziyoyev Yevropa Kengashi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23 yanvar kuni Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Antoniu Koshta Yevropa Kengashi rahbari lavozimiga saylangani bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani va barcha ustuvor yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilmoqda. 2024 yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard yevrodan oshdi, Yevropa kompaniyalari bilan loyihalar portfeli 30 milliard yevroga yetdi.

O‘tgan yili o‘ta muhim mineral resurslar sohasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi. Transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlik, "yashil" iqtisodiyot, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tez fursatda imzolanishi o‘zaro munosabatlarning butun majmuini rivojlantirishga jiddiy turtki bo‘lishiga ishonch bildirildi.

O‘zbekiston yetakchisi va Yevrokengash rahbari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. Joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma rejalar muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Maltaning O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 23.01.2025 21:56

    Maltaning O‘zbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi

    Ikki davlat o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

    'Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 22.01.2025 15:24

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

    Uchrashuvda mudofaa idoralari hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

    'Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi'ning rasmi

    Siyosat 22.01.2025 11:09

    Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi

    Prezident Farmoniga ko‘ra Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    'Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga kelishga taklif qildi'ning rasmi

    Siyosat 21.01.2025 17:49

    Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga kelishga taklif qildi

    Mirziyoyev Trampni prezidentlik lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

    'Saida Mirziyoyeva “Rahbar ayollar maktabi” loyihasi ochilishida qatnashdi'ning rasmi

    Siyosat 21.01.2025 11:38

    Saida Mirziyoyeva “Rahbar ayollar maktabi” loyihasi ochilishida qatnashdi

    Mazkur loyihaga Prezident farmoniga ko‘ra asos solingan.

    'O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 million dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlanadi'ning rasmi

    Siyosat 21.01.2025 09:14

    O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 million dollarlik tibbiy uskunalar bilan ta’minlanadi

    Prezident shifokor va hamshiralarni qo‘shimcha o‘qitish vazifasini qo‘ydi.