AsosiyJamiyat

Xatti Boburiyda ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?

Xatti Boburiyda yozilgan Qur’oni karimning qadimiy qo‘lzmasi hozirgi kunda Erondagi Mashhad muzeyida saqlanmoqda.

'Xatti Boburiyda ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?'ning rasmi

Ulug‘ davlat arbobi, shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur Qur’oni karimga va islomiy ilmlarga ulkan ehtirom bilan yondashgan. Uning ikki farmonida 50 dan ortiq oyati karimalar keltirilgan bo‘lib, bu buyuk shaxsning chuqur bilimli olim va ma’rifatli inson bo‘lganini ko‘rsatadi. Fors tilidagi bu farmonlar tarjima qilinib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi ko‘magida chop etilgan 6 jildlik kulliyotdan o‘rin olgan.

Bobur Mirzo arab alifbosini soddalashtirgan va uni “Xatti Boburiy” deb nomlagan. Ushbu alifboda Qur’oni karimni ko‘chirtirib, uni Makkai mukarramaga yuborgan. Xatti Boburiyda yozilgan Qur’oni karimning qadimiy qo‘lzmasi hozirgi kunda Erondagi Mashhad muzeyida saqlanmoqda.  

Bobur Mirzo ilmiy faoliyatini o‘rganishda yangi imkoniyatlarni ochadigan bu nodir nusxa O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi Qur’on bo‘limi ko‘rgazmasidan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bank xodimasining firibgarligini fosh etgan muxbirga ma’muriy ish ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 21:06

    Bank xodimasining firibgarligini fosh etgan muxbirga ma’muriy ish ochildi

    Eng qizig‘i o‘zgalar nomiga o‘zlashtirilgan kredit pullarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sharofiddin Boliyev plastik kartasi orqali to‘lab kelgan. Sudya bu qonunbuzarlikdan xabardor bo‘lgan ehtimol va qonunbuzar ayolini himoya qilgan bo‘lishi mumkin.

    'Oqqo‘rg‘onda eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 20:41

    Oqqo‘rg‘onda eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi

    Erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

    '“Propiska” tizimi bekor qilinib, “E-xabar berish” tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:53

    “Propiska” tizimi bekor qilinib, “E-xabar berish” tizimi joriy etiladi

    Senatordar fuqarolarni yashash va turish joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni takomillashtiruvchi qonunni qabul qilishdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:23

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:08

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:00