1

Mikrob to`plovchi 9 buyum

Salomatlik 12.12.2016, 10:22
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Mikrob to`plovchi 9 buyum
  1. Sovun qutichasi. Bu buyumning birinchi o`rinni egalashiga sabab uning doim vannaxonada — issiq va nam joyda turishidir. Yaxshisi, panjarasimon shakldagisini tanlang-da, uni deyarli har kuni tozalab turing. Suyuq sovun ishlatsangiz unda ham yaxshi.
  2. Kir yuvish mashinasi. Bu uskuna ham doim issiq va nam holatda bo`lgani uchun, nafaqat zararli bakteriyalar, zamburug`lar, eng xavflisi, qora mog`or yig`adi. Agar kir yuvish mashinasini tez-tez tozalab turmasangiz, ular kiyimlaringiz orqali sizga hujum qilishi mumkin. Har gal undan foydalanganingizdan keyin maxsus tozalovchi vosita solib, chayqash rejimiga qo`ying. So`ngra yana bir bor tozalab oling.
  3. Eshik tutqichi. Axir uni kuniga necha yuz marta ushlaysiz va boshqalar ham xuddi shunday. Demak, tez-tez nam sochiq yoki spirt bilan tozalab turishga erinmang.
  4. Tish cho`tkasi ham vannaxonada turgani sabab zararli bakteriyalarga tez o`ziga chaqiradi. Yana tag`in u bilan tishlarinigzni tozalaysiz. Shu sababli uni har uch oyda yangilab, albatta, qopqog`i yopiq holda saqlang.
  5. Pult ham mikroblar manbai! U bilan televizor, isitgichlarni boshqarib, ishiningizni engillashtirasiz. Ammo tozalab turishni ham unutmnag. Haftada hech bo`lmaganda bir marta yoki nam mato, yoki sprtda namlangan mato bilan arting.
  6. Kalit. Haftasiga, albatta, bir marta tozalab, arting. E`tibor bermagan shu kichik narsa orqali ham mikroblar sizga bemalol hujum qilishi mumkin.
  7. Kompyuter sichqonchasi. Haftasiga 2-3 marta, albatta, spirtda namlangan sochiqcha bilan artish lozim.
  8. Karmon. Yo`g`-ey demang! Axir pullaringiz turadigan joy shu-ku! Mikroblar, zamburug`lar, bakteriyalar va veruslar koni! Avval quruq mato, keyin spirt bilan artib, so`ngra yana bir marta tozalang.
  9. Qo`l telefoni yoki telefon go`shagini ham spirtda namlangan sochiq bilan artib turishni unutmang.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1