AsosiySiyosat

"Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston transafg‘on temir yo‘l qurilish loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

'"Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi'ning rasmi

 Toshkent shahrida Afg‘oniston Jamoat ishlar vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan samarali uchrashuvlar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda afg‘on tomoni bilan transafg‘on temir yo‘l qurilish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi va tomonlar kelgusi ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

 Shu bilan birga, ikki davlat temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida faol hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida "Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” MCHJ “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida saqlanib qoladi.

    Boshqa yangiliklar