AsosiyDunyo

Janubiy Koreya prezidentiga davlat to‘ntarishi uyushtirish aybi qo‘yildi

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni davlat to‘ntarishini tashkil etishda rasman aybladi.

'Janubiy Koreya prezidentiga davlat to‘ntarishi uyushtirish aybi qo‘yildi'ning rasmi

Janubiy Koreya prezidentiga davlat to‘ntarishi uyushtirish aybi qo‘yildi. 

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni davlat to‘ntarishini tashkil etishda rasman aybladi. U, shuningdek, Milliy assambleya spikeri U Von Sikni va boshqa asosiy siyosiy arboblarni hibsga olishni rejalashtirganlikda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Yun Sok Yol sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va boshqalar bilan birgalikda 3 dekabrda qo‘zg‘olon uyushtirish uchun til biriktirgan. Bu maqsadda, qurolli to‘qnashuv yoki shunga o‘xshash milliy inqiroz alomatlari yo‘qligiga qaramay, noqonuniy holat e’lon qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, prezidentning hamtovoqlari raqib partiyalar rahbarlari va saylov kuzatuvchilarini hibsga olishlari kerak edi.

Seul markaziy okrug sudi prokuraturaning hibs muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosini ikki marta rad etgani sababli, prezidentni 27 yanvar, dushanba kuni ozod qilish kerak edi. Biroq, qo‘yilgan ayblov tufayli, Yun Sok Yol qamoqda qoladi. Agar u qo‘zg‘olonda aybdor deb topilsa, umrbod qamoq yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Janubiy Koreya parlamenti 3 dekabrda joriy qilingan harbiy holat tufayli Yun Sok Yolni prezidentlik lavozimidan chetlatgan edi. Mamlakatning Korrupsiyaga qarshi tergovlar boshqarmasi davlat rahbarini hibsga olish uchun order berib, uni 15 yanvarda qo‘lga olgan. 23 yanvarda prezidentning qo‘zg‘olon ishi prokuraturaga topshirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30