AsosiyDunyo

Трамп бир ойда камида 51 млн долларлик облигация сотиб олди

Bu haqda Reuters moliyaviy hujjatlarga tayanib xabar berdi.

'Трамп бир ойда камида 51 млн долларлик облигация сотиб олди'ning rasmi

Hujjatlarga ko‘ra, prezident bir oy ichida 175 ta moliyaviy operatsiya qilgan. U sotib olgan obligatsiyalarning umumiy qiymati kamida 51 million dollarga baholanmoqda. Eng yuqori hisob-kitobga ko‘ra esa bu raqam 161 million dollargacha yetishi mumkin.

Xo‘sh, u nima sotib oldi? Oddiy tushuntirganda, obligatsiya — davlat yoki kompaniyaga qarz berish degani. Ya'ni pul berasiz, ular esa keyin foizi bilan qaytarib beradi.

Trump asosan davlat va shaharlar chiqargan obligatsiyalarni xarid qilgan. Shu bilan birga yirik kompaniyalar qarz qog‘ozlariga ham sarmoya kiritgan. Ular orasida energetika, texnologiya va bank sohasidagi yirik korporatsiyalar bor.

Mutaxassislar bu kabi sarmoyalar xavfi nisbatan kam va barqaror daromad keltirishi bilan izohlanishini aytmoqda.

    Boshqa yangiliklar