AsosiyDUNYO

Tramp Eron bilan muzokaralarda bir haftalik tanaffus e’lon qildi

Trump bu haqda AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

'Tramp Eron bilan muzokaralarda bir haftalik tanaffus e’lon qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan olib borilayotgan muzokaralarda marhum Oliy rahbar Ali Xomanaiyning dafn marosimi munosabati bilan bir haftalik tanaffus e'lon qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

U bu haqda Janubiy Dakota shtatidagi Rushmor tog'i yaqinida AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda so'zlagan nutqida aytib o'tdi.

“Ular kelishuvni juda xohlayapti. Biz ularga dafn marosimi uchun bir hafta vaqt berdik”, — dedi Tramp.

Biroq AQSh prezidenti muzokaralar rasman to'xtatilgani yoki aniq tanaffus e'lon qilinganini to'liq tasdiqlamagan. Uning bayonoti Vashington va Tehron o'rtasida davom etayotgan muzokaralar fonida yangragan.

Avvalroq, The Wall Street Journal nashri manbalariga tayanib, muzokaralar 60 kunlik muddatdan oshib ketishi ehtimoli AQSh tomonidan jiddiy muammo sifatida ko'rilmayotgani haqida xabar bergan edi.

Eronning marhum Oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari 3 iyul kuni Tehronda boshlangan. Asosiy dafn marosimlari 4–9 iyul kunlari mamlakatning bir nechta shaharlarida o'tkazilishi, yakuniy marosim esa Mashhad shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar