AsosiyDunyo

Qiyomat soati 1 soniya oldinga siljidi

Bu dunyo allaqachon yadroviy mojaroga yaqinlashib qolgani haqida signalni anglatadi.

'Qiyomat soati 1 soniya oldinga siljidi'ning rasmi

Qiyomat kuni soati bir soniyaga o‘zgartirildi va endi uning millari “Yadroviy yarim tun”gacha 89 soniya qolganini ko‘rsatmoqda. 

Amerikadagi “Atomchi olimlar byulleteni” soat millarini oldinga surish — dunyo allaqachon yadroviy mojaroga yaqinlashib qolgani haqida signal va ogohlantirish ekanini ta’kidlamoqda.

2023 yilda soatlar asosan Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli yarim tunga 10 soniyaga yaqinlashtirilgan edi.

Ma’lumot uchun: Qiyomat soati birinchi marta 1947 yilda jurnalning muqovasida paydo bo‘lgan va so‘nggi yillarda ko‘rsatkichlar faqat oldinga siljib bormoqda.


    Boshqa yangiliklar