AsosiyJamiyat

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi.

'Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi'ning rasmi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi orqali Toshkent-Andijon (1-bosqich) pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loyihaning 1-bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etib, Toshkentdan Angrengacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va Qamchiq dovonini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Loyiha konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025 yil 21 yanvarda tasdiqlangan.

Hukumat Jahon banki ko‘magida xususiy sherikni tanlashga yordam berish uchun loyihaning maslahatchisi sifatida "Arup and Partner’s" (Buyuk Britaniya), "PWC" va "CMS Cameron"(Buyuk Britaniya) konsultantlar konsorsiumini jalb qilgan.

Qayd etilishicha, hukumat tenderda g‘olib bo‘lgan ishtirokchini tanlov asosida tanlash va uzoq muddatli DXSH bitimini imzolashni rejalashtirmoqda. Tender DXSH to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan o‘tish uchun hujjatlarini topshiradi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan o‘tgan kompaniyalar loyiha bo‘yicha texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi yo‘l qurilish sohasida DXSH loyihalarida tajribaga ega bo‘lgan barcha qiziquvchilarga 2025 yil 21 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha dastlabki malakani saralash bosqichi uchun hujjatlarini topshirishni taklif qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.