AsosiyDunyo

Hindistondagi diniy festivalda 40 kishi halok bo‘ldi

Tiqilinch oqibatida 60 kishi jarohatlanganiga qaramay, festival davom etgan.

'Hindistondagi diniy festivalda 40 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘lib o‘tgan Kumbha Mela diniy festivalidagi tiqilinch oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Dunyodagi eng yirik festivalda 400 million kishi ishtirok etishi kutilgandi. Tiqilinch oqibatida 60 kishi jarohatlangan. Festivalning asosiy marosimi — suvda cho‘milish bo‘lib, bu nafaqat tanani, balki ruhni ham gunohlardan poklaydi deb ishoniladi.

Ziyoratchilar Gang daryosiga kirishda navbatlarini kutib o‘tirgan, to‘satdan tartibsizlik va tirbandlik yuzaga kelgan. Olomon daryo qirg‘og‘iga qarab yo‘l olgan, odamlar yiqila boshlagan. Falokatga qaramay, festival davom etgan.

Hindistondagi Ganga va Yamuna daryolari qo‘shilish joyida har 12 yilda bir marta o‘tkaziladigan hinduiylar festivali millionlab odamlarni jalb qiladi. Bu esa ko‘pincha ommaviy tiqilinch holatlarini keltirib chiqaradi. 

13 yanvar kuni festival boshlanganidan buyon unda 110 ming kishi ishtirok etdi va festivalning 45 kunida tashrif buyuruvchilarning umumiy soni 450 millionni tashkil etishi kutilmoqda. Festival 40 kvadrat kilometr maydonda o‘tkaziladi, xavfsizlikni 40 mingga yaqin politsiya qo‘riqlaydi.

    Boshqa yangiliklar