AsosiyDunyo

Vashingtondagi aviahalokatda hech kim tirik qolmagan — Tramp

AQSHda ichida 64 nafar odam bo‘lgan samolyot qo‘nish paytida vertolyot bilan to‘qnashib, daryoga tushib ketgan edi.

'Vashingtondagi aviahalokatda hech kim tirik qolmagan — Tramp'ning rasmi

Kecha, 30 yanvar kuni Vashingtonda vertolyot bilan to‘qnashgan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan. AQSH prezidenti bu haqda matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi. Trampga ko‘ra, halokat harbiy vertolyot ekipajining xatosi sabab sodir bo‘lgan. 

"Vertolyot yo‘lovchi layneri bilan bir xil balandlikda bo‘lgan va bu fojiani keltirib chiqargan. Yo‘lovchi samolyot ekipaji to‘g‘ri harakat qilgan, halokatga vertolyot sabab bo‘lgan", — dedi prezident. 

Tramp, shuningdek, parvoz standartlarini yana qat’iylashtirishini bildirdi. U bu standartlarni birinchi prezidentlik muddati davomida kuchaytirganini, ammo keyinchalik Bayden ularni yumshatganini aytdi.

"Bayden va Obama siyosatni birinchi o‘ringa qo‘ygan, men esa xavfsizlikni ustuvor deb bilaman", — deya ta’kidladi Tramp.

    Boshqa yangiliklar