AsosiyJamiyat

Joriy yilning yanvarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3,0 mlrd dollarni tashkil etdi

'Joriy yilning yanvarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3,0 mlrd dollarni tashkil etdi'ning rasmi

Joriy yilning yanvarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3,0 mlrd dollarni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 1,4 barobarni tashkil etdi. Shundan, tarmoq loyihali hisobidan o‘zlashtirish 1,2 mlrd dollarni (o‘sish 107%) va hududiy loyihalarda 1,8 mlrd dollarni tashkil qildi (o‘sish 187%). Shundan, qiymati 23 mlrd dollarlik 513 ta yangidan boshlangan loyihada moliyalashtirish ochilgan va ular doirasida 1,1 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shu bilan birga, 26 ta tuman va shaharlarda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 20 mln dollardan yuqori bo‘ldi. Xususan, Karmana tumanida kimyo klasterida qiymati 334 mln dollarlik 3 ta loyihada amaliy ishlar boshlandi, shundan “Zarafshon industrial technology” MCHJ XK tomonidan xitoylik investorlar bilan kaustik soda va xlor mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarida hisobot davrida 50 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ohangaron tumanida “Metal processing technology” (ICG) MCHJ tomonidan qiymati 20 mln dollarlik ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida 5 ming tonna mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish belgilangan. “Navoiyazot” AJ negizida qiymati 2 mlrd dollarlik kimyo texnologik klasterlar uchun energoblok va 300 MVt foto elektr stansiyasini tashkil etish loyihalarida 22 mln dollar o‘zlashtirildi. Andijon tumanida “Ipak yo‘li” (Xitoy sanoat zonasi) sanoat zonasida umumiy qiymati 300 mln dollardan ortiq 9 ta loyihalar joylashtirilib, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish boshlandi. Xususan, “TIAN JIAO HONGAN AGRICULTURE HIGHTECH” MCHJ XK tomonidan qiymati 36 mln dollarlik qalampir maxsulotlarini chuqur qayta ishlash loyihasida 10 mln dollar va qiymati 10 mln dollarlik “LONGPING-BEREKE” MCHJ QK tomonidan gibrid urug‘lari yetishtirish loyihasi doirasida 2,3 mln dollar o‘zlashtirildi. 2 Umumiy qiymati 3 mlrd dollarlik 3 ta loyihada, xususan Angor tumanida quvvati 1560 MVt bo‘lgan kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish, Nurobod tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh foto elektr stansiyasi va G‘ijduvon tumanida quvvati 600 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalarida 100 mln dollardan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirildi. Davlatobod tumanida Yangi Namangan shaharchasini qurish loyihasi doirasida qiymati 180 mln dollarlik xorijiy investorlar mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasasini va ko‘p qavatli turar joy majmuasini qurish loyihalarida 15 mln dollar o‘zlashtirildi. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 152 mln dollarlik O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suv ta’minoti tizimlarini rivojlantirish loyihasida Amudaryo tumanida “Mang‘it suv tozalash inshoatlari qurish” obyektida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 161 mln dollarlik Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish (faza-3) loyihasi doirasida kunlik quvvati 130 ming kub m lik Chirchik shahrida yangi oqava suv tozalash inshooti qurilmoqda. Hisobot davrida qiymati 231 mln dollarlik 374 ta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirildi va 6,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shundan, 212 ta loyihalar belgilangan muddatidan oldin hamda 52 ta qo‘shimcha loyihalar ishga tushirilishi ta’minlandi. Xususan, Yangiariq tumanidagi “Carwings Xorazm Plast” MCHJning 8 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 11,5 ming dona avtomobillar plastmassa ehtiyot qismlar ishlab chiqarish (180 ta ish o‘rni) loyihasi. Namangan shahrida “Namangan Sharbati” MCHJning 9 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 20 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasi ishga tushirildi va 25 ta ish o‘rni yaratildi. Yunusobod tumanida “YUNUSABAD GALLERIA” MCHJning 29 mln dollar investitsiyalar hisobiga savdo kungilochor va biznes markazi tashkil etish loyihasi ishga tushirildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:06

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:04

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:02

    'Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:36

    Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda

    Yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:09

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentdan Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga zamonaviy elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:33

    Toshkentdan Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga zamonaviy elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi

    Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.