HAMAS Isroil shartlarni buzgani sababli asirlarni ozod qilishni kechiktirdi.
Harakat matbuot kotibi Abu Ubaydaning ma’lum qilishicha, Isroil kelishilgan shartlarga rioya qilmagani sababli asirlarni ozod qilish jarayoni kechiktirildi. HAMAS o‘z majburiyatlariga sodiq qolishini va Isroil o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajargan taqdirda asirlar ozod etilishini ta’kidladi.
Bunga javoban, Isroil Mudofaa vaziri Israel Kas, agar HAMAS bu tarzda davom etsa otashkesim shartlari buzilgan deb hisoblab, jangovor harakatlarni yana boshlashi mumkinligi bildirdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa HAMASga ultimatum qo‘yib, agar shanba kuni tushga qadar barcha isroillik garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish shartnomasi bekor qilinishini aytdi. U, shuningdek, isroillik asirlarga nimadir bo‘lsa, jahannam boshlanishini qo‘shimcha qilgan.
Abdulloh Sayyid