AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 1 martdan ish haqi va nafaqalar oshishi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025 yil 1 martdan va 1 avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

'O‘zbekistonda 1 martdan ish haqi va nafaqalar oshishi haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi. 

"Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025 yil 1 martdan va 1 avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.

Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi.

Ishonchli manbalarga tayaning va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmang!" - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar