AsosiyDUNYO

Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi

Putinning aytishicha, mazkur xatni unga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ko‘rsatgan.

'Putin Zelenskiyning xatini o‘qiganini ma’lum qildi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yo‘llagan ochiq xat bilan tanishib chiqqanini ma’lum qildi. Putinning aytishicha, mazkur xatni unga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ko‘rsatgan. “Kecha yoq Peskov bu haqda aytgan edi. O‘sha paytda ko‘rishga ulgurmagan edim. Bugun ertalab u yana shu qog‘ozni olib keldi va men uni o‘qib chiqdim. Ravon yozilgan”, dedi Rossiya rahbari. Ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiy 4 iyun kuni Putinga ochiq xat yo‘llab, Ukraina urushiga nuqta qo‘yish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan. Shuningdek, u ikki davlat rahbarlari o‘rtasida shaxsiy uchrashuv tashkil etish va aniq sanani belgilashni taklif qilgan. Putin esa Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazish masalasiga munosabat bildirib, hozircha bundan ma’no ko‘rmayotganini aytdi. “Avvalo, yechim topish kerak”, dedi u. Rossiya prezidenti Zelenskiyning o‘z yoshi haqida aytgan fikrlariga ham javob qaytarib, asosiy masala insonning yoshida emas, balki uning ishlash salohiyati va samaradorligida ekanini ta’kidladi. Zelenskiy o‘z maktubida Rossiya rahbarini urushni to‘xtatishga chaqirib, agar Moskva bunga tayyor bo‘lmasa, Ukraina o‘z mustaqilligi va mavjudligi uchun kurashni davom ettirishini bildirgan. Urush boshlanganidan buyon Kiyev va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot masalasi bir necha bor kun tartibiga chiqqan bo‘lsa-da, tomonlar hozirgacha mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:56

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:36

    'Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:55

    Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

    Qayd etilishicha, bu tashrif Si Szinpinning 2019-yildan buyon Pxenyanga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

    'AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:44

    AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

    Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning yuqori palatasi — Senat ham ma’qullashi lozim.

    'Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi'ning rasmi

    DUNYO 04.06.2026 04:24

    Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi

    Mazkur hudud Ebola virusi tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi'ning rasmi

    DUNYO 03.06.2026 14:08

    O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi

    Agentlikning bugungi qarori o‘tgan yil qayd etilgan mazkur natijaning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.