AsosiyDUNYO

AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning yuqori palatasi — Senat ham ma’qullashi lozim.

'AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi'ning rasmi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 iyun kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, hujjatni 226 nafar kongressmen qo‘llab-quvvatlagan, 195 nafari esa qarshi ovoz bergan. Loyihani yoqlab ovoz berganlar orasida 207 nafar demokrat, 18 nafar respublikachi va bir nafar mustaqil kongressmen bo‘lgan.

Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning yuqori palatasi — Senat ham ma’qullashi lozim.

Hujjat joriy yil aprel oyida Kongress muhokamasiga kiritilgan bo‘lib, unda Ukrainani tiklash bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil etish nazarda tutilgan. Shuningdek, u AQSh Prezidentiga Ukraina va Sharqiy Yevropa davlatlariga kredit yoki lend-liz mexanizmlari orqali mudofaa vositalarini yetkazib berish vakolatini qayta tiklash imkonini beradi.

Loyihaga muvofiq, AQSh Mudofaa vazirligi 2027 yil oxiriga qadar Ukrainaga razvedka sohasida ko‘mak berish huquqini saqlab qoladi. Davlat departamenti esa Boltiqbo‘yi davlatlari qurolli kuchlari hamda chegara xizmatlari salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Hujjat Rossiyaga nisbatan bosim mexanizmlarini ham kengaytiradi. Xususan, AQSh Prezidentiga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish, Rossiyaga aloqador jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlarini bloklash, eksport cheklovlari hamda bojlarni kuchaytirish huquqi beriladi. Mazkur choralar Rossiyaning harbiy harakatlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini qisqartirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish, qurol-yarog‘ yetkazib berish, ukrainalik harbiylarni tayyorlash va razvedka ma’lumotlari almashinuvini muvofiqlashtirish ham rejalashtirilgan.

Ukrainaning AQShdagi elchisi Olga Stefanashina X ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan munosabatida Vakillar palatasi qarorini “oldinga tashlangan muhim qadam” deb baholagan.

Endi tashabbusning taqdiri Senatdagi muhokamalarga bog‘liq. U yerda hujjatning qabul qilinishi demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi siyosiy kuchlar muvozanatiga qarab hal bo‘ladi.

Respublikachilarning ayrim vakillari tashqi yordam hajmini qisqartirish tarafdori ekani aytilmoqda.

Reuters qayd etishicha, hatto qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullangan taqdirda ham, AQSh Prezidenti Donald Tramp unga veto qo‘yishi mumkin. Nashrning yozishicha, Tramp 2025 yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan so‘ng Ukrainaga ajratilayotgan yordam sezilarli darajada sekinlashgan.

Shuningdek, Prezident sanksiyalar joriy etish bo‘yicha qarorlar ustidan nazoratni saqlab qolish niyatida ekanini va bu vakolatlarni Kongressga topshirishni istamasligini bir necha bor ta’kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:55

    Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

    Qayd etilishicha, bu tashrif Si Szinpinning 2019-yildan buyon Pxenyanga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

    'Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi'ning rasmi

    DUNYO 04.06.2026 04:24

    Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi

    Mazkur hudud Ebola virusi tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi'ning rasmi

    DUNYO 03.06.2026 14:08

    O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi

    Agentlikning bugungi qarori o‘tgan yil qayd etilgan mazkur natijaning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

    'Dollar kursi ko'tarildi'ning rasmi

    DUNYO 03.06.2026 11:13

    Dollar kursi ko'tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4-iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Rossiya fuqaroligiga ariza beruvchilar endi sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradi'ning rasmi

    DUNYO 03.06.2026 11:05

    Rossiya fuqaroligiga ariza beruvchilar endi sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradi

    Farmonda ayrim toifalar uchun istisnolar ham nazarda tutilgan.

    'Kiyevda havo hujumi: aholi metro bekatlarida tunni o'tkazdi'ning rasmi

    DUNYO 02.06.2026 04:36

    Kiyevda havo hujumi: aholi metro bekatlarida tunni o'tkazdi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hujum oqibatida 4 kishi halok bo'lgan, yana 58 kishi turli darajada jarohat olgan.