Saroy 1960-1964 yillarda o‘ziga xos arab me’morchiligi uslubida bunyod etilgan va 1990 yilgacha Kuvaytga tashrif buyurgan xorijiy rahbarlar uchun rasmiy qarorgoh bo‘lib xizmat qilgan.
2019 yilda saroyda muzey ochilgan bo‘lib, unda 32 ming kvadrat metr maydonda Kuvaytning ko‘p asrlik tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob eksponatlar namoyish etilmoqda.
Davlatimiz rahbari muzey ekspozitsiyasi bilan tanishib, uning me’moriy konsepsiyasi va zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.
O‘zbekiston bilan Kuvayt madaniy almashinuvlarini, xususan, muzey ishi va tarixiy merosni asrash sohasidagi aloqalarni kengaytirish, qo‘shma gumanitar dasturlarni amalga oshirish va o‘zaro ko‘rgazmalar tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Yakunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzeyning Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.