Qozog‘istonda shaxta qulashi oqibatida 7 nafar konchi halok bo‘ldi. Mahalliy OAVga ko‘ra, halokat Ulitov viloyatidagi “Jomart” konida yuz berdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, konda tabiiy gaz portlagan.
Qozog‘iston prezidenti qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, davlat rahbari hodisa sabalarini o‘rganishni va halok bo‘lganlarning oilalariga yordam berishni buyurdi.
Ma’lum qilinishicha, “Qozoqmis” halok bo‘lgan konchilarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatadi. Bunda xodimning o‘rtacha yillik ish haqining 10 baravari miqdorida kompensatsiya, shuningdek, dafn marosimini tashkil etish uchun 2 mln tengedan ortiq mablag‘ ajratiladi.
Boquvchisini yo‘qotganlar uchun har oylik to‘lovlar, bolalarning ta’lim xarajatlari, halok bo‘lgan xodimlarning qarzlari va kreditlari hamda qarindoshlarga boshqa yordamlar taqdim etiladi.