AsosiyDunyo

Tramp Zelenskiyni diktator deb atab, uni yana keskin tanqid qildi

U AQSHni 350 milliard dollar sarflashga ishontirdi, hech qachon yutuqqa erishib bo‘lmaydigan va umuman boshlanmasligi kerak bo‘lgan urushga kirishga majbur qildi, deb yozdi AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

'Tramp Zelenskiyni diktator deb atab, uni yana keskin tanqid qildi'ning rasmi

Tramp Zelenskiyni diktator deb atab, uni yana keskin tanqid qildi.

"Nisbatan muvaffaqiyatli komik" Vladimir Zelenskiy AQSHni 350 milliard dollar sarflashga ishontirdi, hech qachon yutuqqa erishib bo‘lmaydigan va umuman boshlanmasligi kerak bo‘lgan urushga kirishga majbur qildi, deb yozdi AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Donald Trampning ta’kidlashicha, AQSH Yevropaga qaraganda 200 milliard dollar ko‘proq mablag‘ sarflagan, Yevropa mablag‘lari kafolatlangan, ammo AQSH buning evaziga hech narsa olmaydi.

Bundan tashqari, Zelenskiyning o‘zi «biz unga yuborgan mablag‘ning yarmi yo‘qolganini» tan olgan, deb qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSH prezidenti ukrain yetakchisini saylov o‘tkazishdan bosh tortganlikda aybladi. Shuningdek, u Zelenskiy Ukrainada juda past reytingga ega ekanini va «u yaxshi uddalay olgan yagona narsa – Jo Baydenni manipulyatsiya qilish» ekanini ta’kidladi.

«Saylovsiz diktator Zelenskiy tezda harakat qilishi kerak, aks holda uning mamlakati qolmaydi, — xulosa qildi Tramp. — Shu bilan birga, biz Rossiya bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar olib bormoqdamiz, chunki barcha buni faqat Tramp va Tramp ma’muriyati amalga oshira olishini tan olishmoqda».

Oradan bir kun o‘tib, Tramp jurnalistlarga Zelenskiyning reyting darajasi 4% ekanini aytdi, bu esa mavjud ijtimoiy so‘rov natijalariga to‘g‘ri kelmaydi. Ukraina prezidenti buni «Rossiyadan kelayotgan dezinformatsiya» deb atadi. Zelenskiy Tramp «dezinformatsiya muhitida yashayapti» degan xulosaga keldi.

Kiyev Xalqaro Sotsiologiya institutining 4-9 fevral kunlari o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, ukrainaliklarning 57% Zelenskiyga ishonishini, 37% esa ishonmasligini bildirgan.

Zelenskiyning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi 320 milliard dollarga tushgan, shundan 200 milliardini AQSH va YEI to‘lagan. «Jami AQSH bugungi kungacha bizga taxminan 60 milliard berdi, va biz yana 31,5 milliard oldik», dedi Ukraina prezidenti chorshanba kuni.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron Quvaytdagi AQSh bazasiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:09

    Eron Quvaytdagi AQSh bazasiga hujum qildi

    Hujum 5 aprel kuni tunda sodir bo‘lgan.

    'Zelenskiy Rossiyaga "energetik sulh" taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:29

    Zelenskiy Rossiyaga "energetik sulh" taklif qildi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga energetika infratuzilmalariga zarba bermaslik boʻyicha oʻzaro kelishuv taklif qildi.

    'Bangladeshda qizamishdan 100 ga yaqin bola vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 06.04.2026 12:35

    Bangladeshda qizamishdan 100 ga yaqin bola vafot etdi

    Qizamiq belgilari aniq bolalar soni 6,476 nafarga etgan.

    'Artemis missiyasi: Oy va Yerning hayratlanarli suratlari'ning rasmi

    Dunyo 05.04.2026 17:43

    Artemis missiyasi: Oy va Yerning hayratlanarli suratlari

    NASA Artemis II astronavtlari inson koʻzi bilan koʻrilgan noyob manzaralarni namoyish etmoqda.

    'Kuchli yomg‘ir Mahachqal’ada binolarni vayron qildi.'ning rasmi

    Dunyo 05.04.2026 17:08

    Kuchli yomg‘ir Mahachqal’ada binolarni vayron qildi.

    Mahachqal'ada kuchli yomg'ir oqibatida uch qavatli bino quladi.

    'Qozog‘istonda ayol uch kunlik chaqalog‘ini sotishga urindi.'ning rasmi

    Dunyo 05.04.2026 07:19

    Qozog‘istonda ayol uch kunlik chaqalog‘ini sotishga urindi.

    Ayol o'zining yangi tug'ilgan qizini 800 ming tengga sotmoqchi bo'ldi.