AsosiyJamiyat

AQSHda deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi — TIV

OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.

'AQSHda deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi — TIV'ning rasmi

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi uzoq yillardan buyon O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlariga xavfsiz deportatsiyasini ta’minlash maqsadida AQSHning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar qilmoqda.

 "Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi.

OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berishni so‘rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgan, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar