AsosiyJamiyat

2025 yilda ipoteka kreditlarining dastlabki to‘lovi uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi

Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga doir Prezident qarori e’lon qilindi.

'2025 yilda ipoteka kreditlarining dastlabki to‘lovi uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi'ning rasmi

“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Farmonga ko‘ra, 2025 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

hududlarda jami 8,1 million m2dan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;

ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat budjetidan 2,5 trillion so‘m yo‘naltirish;

uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trillion so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;

“Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan 700 milliard so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish.

2025 yilda “Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

2025 yil 1 martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:27

    3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

    Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin.

    'O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi — “O‘zgidromet”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi — “O‘zgidromet”

    Hafta davomida harorat pasayib, qator hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    'O‘zbekistonda “radar” jarimasi oshirildimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    O‘zbekistonda “radar” jarimasi oshirildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

    'Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:02

    Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

    2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi.

    'O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:57

    O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi

    Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, chora-tadbirlar belgilandi.

    'Qo‘ng‘irotda gaz quvuriga mashina urilishi ortidan 800 ta xonadon gazsiz qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:15

    Qo‘ng‘irotda gaz quvuriga mashina urilishi ortidan 800 ta xonadon gazsiz qoldi

    Avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.