Namangan viloyati Uychi tumanida 22 fevral kuni Lacetti voyaga yetmagan piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Holat Yakkatut mahallasidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina oldidan 2014 yilda tug‘ilgan qiz yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib chiqib qolgan.
YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.