Keyingi yillarda bu yo‘nalishda katta ishlar ro‘yobga chiqarildi. Natijada yaqingacha sanoqli tahlillar bilan kifoyalangan ushbu laboratoriyalarda ayni vaqtda ko‘plab tahillar o‘tkazilmoqda, deydi SSV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda laboratoriyalprda quyidagi tahlillar qilinmoqda:
ALT (alanintransfereza fermenti);
AST (aspartataminotransfereza fermenti);
bilirubin (umumiy);
bilirubin (erkin);
bilirubin (bog‘langan);
qonda qand miqdori;
xolesterin;
umumiy oqsil;
kreatinin;
mochevina;
revmoproba (RF);
SRB (S reaktiv oqsili);
ASL-O (antistreptolizin-O);
kalsiy;
gepatit (V, S).
Qolaversa, umumiy qon va siydik, kaprologiya (najas tahlili), qin surtmasi va bezgak tahlillari o‘tkazib kelinyapti.
mumiy olganda, 20 turga yaqin tahlillarni shu yerda sifatli darajada amalga oshirish mumkin.
Bu hudud aholisiga katta qulayliklar yaratdi. Ilgari odamlar ayrim tahlillar uchun boshqa hududlardagi tibbiyot muassasasiga qatnagan bo‘lsa, endilikda bunga zarurat qolmadi. Eng asosiy tahlillar shu yerning o‘zida bekamu ko‘st uddalanyapti.