AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami imzolandi

Davlatimiz rahbari Shahboz Sharifning tarixiy tashrifi O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligida yangi sahifa ochishini ta’kidladi.

'O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami imzolandi'ning rasmi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:

- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;

- Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Professional ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

  • diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga izoh berdilar.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida uchrashuvlar samarali bo‘lganini alohida qayd etib, ushbu tarixiy tashrif O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligida yangi sahifa ochishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholadi. Tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, 130 ta qo‘shma korxona tashkil etildi, Karachi va Toshkentda savdo uylari ochildi. Toshkent va Lahor o‘rtasida aviaqatnovlar tiklandi.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda, siyosiy maslahatlashuvlar, qator ishbilarmonlik tadbirlari va O‘zbekiston sanoat ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

- Shu kunlarda Pokistonning yetakchi kompaniyalaridan iborat nufuzli delegatsiya poytaxtimizda bo‘lib turibdi. Bugun biznes vakillari bilan alohida uchrashuv o‘tkazib, qo‘shma rejalarni muhokama qilamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida tomonlar ko‘p qirrali hamkorlikning yangi "o‘sish nuqtalari"ni belgilab olgani, Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tashkil etishga kelishib olingani ta’kidlandi.

O‘zaro savdo hajmini keskin oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va unga qulay sharoitlar yaratish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Farmatsevtika, agrar tarmoq, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, geologiya va mineral resurslar, to‘qimachilik, charm sanoati va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surib, tayyor mahsulotlarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilish muhimligi ta’kidlandi.

Global va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqalar doirasidagi yaqin aloqalar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olindi.

Afg‘onistonni tinch rivojlantirish, Falastin masalasini diplomatik yo‘l bilan hal etish borasidagi pozitsiyalar yaqin ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, xavfsizlik sohasida, terrorizm, transmilliy jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani bildirildi.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Madaniyat va san’at festivallarini o‘zaro o‘tkazish, sayyohlar oqimini, shu jumladan "Umra plyus" dasturi doirasida oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Yakunda erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli "yo‘l xaritasi" qabul qilinishi ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2025 20:30

    'Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2025 14:53

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar

    “Yo‘l xaritasi" asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

    'Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

    Siyosat 25.02.2025 08:43

    Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

    Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Shahboz Sharif 25-26 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.

    'Prezident O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2025 18:14

    Prezident O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

    Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

    'Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi bilan suhbatlashdi'ning rasmi

    Siyosat 21.02.2025 21:17

    Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibi bilan suhbatlashdi

    Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama mavzular muhokama qilingan va davlatlar o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olingan.

    'O‘zbekistonda havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalar tashkil etiladi'ning rasmi

    Siyosat 21.02.2025 15:48

    O‘zbekistonda havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalar tashkil etiladi

    Xavfsizlik va mudofaani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.