AsosiyDunyo

Ruminiyada prezidentlik saylovida eng ko‘p ovoz olgan nomzod qo‘lga olindi

Kelin Jorjesku prezidentlik saylovining birinchi bosqichida 23% ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan.

'Ruminiyada prezidentlik saylovida eng ko‘p ovoz olgan nomzod qo‘lga olindi'ning rasmi

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi g‘olibi Kelin Jorjesku qo‘lga olindi. Natijalar bekor qilingach, Jorjesku prezidentlikka o‘z nomzodini qayta ko‘rsatish niyatida ekanini bildirgan.

Mahalliy telekanallar ma’lumotiga ko‘ra, 26 fevral kuni ertalab Jorjeskuning tarafdorlari uylarida fashistik yoki irqchilik tashkilot tuzish ishi bo‘yicha tergov doirasida tintuv o‘tkazilgan. Prezidentlikka nomzod ushbu ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida tergov qilinmoqda.

2024 yil noyabrda Kelin Jorjesku prezidentlik saylovining birinchi bosqichida 23% ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan. Ammo mamlakat Konstitutsiyaviy sudi saylov natijalarini bekor qilib, yangi sana belgilagan. Ruminiya maxsus xizmatlari tomonidan e’lon qilingan Jorjeskuning saylovoldi kampaniyasiga oid hujjatlarda, Ruminiya Rossiyaning “agressiv harakatlari”ga uchragani iddao qilingan. Jorjesku esa Rossiya bilan aloqalarini rad etib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar