AsosiyDunyo

AQSH Ukraina yo‘qotgan hududlarni qaytarishga harakat qiladi — Tramp

Tramning ta’kidlashicha, Putin Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish uchun yon berishga majbur bo‘ladi.

'AQSH Ukraina yo‘qotgan hududlarni qaytarishga harakat qiladi — Tramp'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp 26 fevral kuni navbatdagi bayonotini berdi. Unda Trapm Rossiya-Ukraina mavzusiga to‘xtaldi. 

Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina yo‘qotgan hududlarni qaytarishga harakat qiladi, lekin bu oson bo‘lmaydi. Putin Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish uchun yon berishga majbur bo‘ladi. AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga tayyor, lekin bu faqat Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishilgandan keyingina amalga oshadi.

"Men so‘nggi ikki yil davomida Ukrainadagi mojaro xususida Putin bilan muzokaralar o‘tkazdim.

Ukraina uchun biz bilan qazilma resurslardan foydalanish bo‘yicha kelishuvni imzolash foydalidir, bu avtomatik xavfsizlik degani. U yerda hech kim bizning odamlarga tegmaydi. Ushbu bitim bizga katta boylik keltiradi. Men Ukrainaga ortiqcha mablag‘ sarflashni xohlamayman. 

AQSHning Ukrainadagi asosiy maqsadi urushni to‘xtatish, ikkinchisi esa Kiyevga sarflangan mablag‘larni qaytarib olishdir.

Ukraina bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv doirasida AQSH nafaqat Kiyevga yuborilgan barcha mablag‘larni qaytarib oladi, balki undan ham ko‘proq foyda ko‘radi", - dedi AQSH prezidenti. 


    Boshqa yangiliklar