AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

28 fevral xufton namozidan so‘ng taroveh namozini o‘qish boshlanadi.

'O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi'ning rasmi

Musulmonlar idorasi taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi. Taroveh 28 fevral, juma kuni xufton namozidan so‘ng boshlanadi.

Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyati — 20:20
  • Namangan viloyati — 20:20
  • Andijon viloyati — 20:20
  • Toshkent viloyati — 20:30
  • Toshkent shahri — 20:30
  • Sirdaryo viloyati — 20:30
  • Jizzax viloyati — 20:30
  • Samarqand viloyati — 20:30
  • Qashqadaryo viloyati — 20:40
  • Surxondaryo viloyati — 20:40
  • Navoiy viloyati — 20:40
  • Buxoro viloyati — 20:40
  • Xorazm viloyati — 21:00
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 21:10

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi. 

    Boshqa yangiliklar