
1. Olmos
Litoterapevtlar aynan shunday toshli uzuk va bilaguzuklarni yuqori nafas yo`llari va asab tizimi xastaliklaridan aziyat chekuvchi ayollarga tavsiya etishmoqda.

2. Qahrabo
Bu toshdan munchoq qilib bo`yinga taqib yurilsa, homiladorlikdagi toksikozni engishga ko`maklashadi. Shuningdek bunday nozik pallada kechadigan gormonal o`zgarishlarni ham oson o`tkazishga ko`maklashadi.

3. Yoqut
Homiladorlikda buyrak og`riqlari bezovta qilsa, bo`yinga kumush gardish va yoqut ko`zli taqinchoqni, bosh og`riqlarida esa oltin gardish va yoqut ko`zli taqinchoqlarni taqib yurish tavsiya etiladi.

4. Lojuvard
Lojuvard qadimdan aql va tanani mustahkamlovchi tosh hisoblangan. Migren xastaligini engillatib, uyquni yaxshilaydi. Undan tayyorlangan taqinchoqlarni har kuni taqib yurish ko`z ravshanligini oshiradi.





