AsosiyDunyo

AQSH Ukrainaga harbiy yordamlarni to‘xtatdi — OAV

Bu haqda prezidenti Donald Tramp buyruq bergan.

'AQSH Ukrainaga harbiy yordamlarni to‘xtatdi — OAV'ning rasmi

 AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruq berdi, deya Oq uy vakiliga tayanib xabar qildi OAV.

Ma’lum qilinishicha, to‘xtalish Tramp Ukraina rahbariyatining tinchlikka intilishini ko‘rmaguncha davom etadi.

"Biz yordamimizni to‘xtatib, bu tinchlikka erishish uchun hissa qo‘shayotganiga ishonch hosil qilamiz", — deyiladi AFP keltirgan bayonotda.

"Bu yordamni butunlay to‘xtatish emas, balki vaqtinchalik pauza", — deya Tramp ma’muriyati vakilidan iqtibos keltirilgan.

Taxminlarga ko‘ra, qaror Ukrainaga yetkazilmagan barcha harbiy jihozlarga, jumladan yetkazilish jarayonida bo‘lgan yoki Polsha orqali tranzitni kutayotgan qurollarga ham ta’sir qiladi.

    Boshqa yangiliklar