Toshkent shahrida 2025 yil 5 martdan boshlab ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Vazirlik o‘zgarishlar yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilayotganini qayd etdi.
29-sonli "Huvaydo mahallasi — Paxtakor metrosi"— Beruniy va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.
120-sonli "Chorsu metrosi — Guliston mahallasi" — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanadi.
105-sonli "Sergeli qo‘rg‘oni — Chilonzor buyum bozori"— Xonabod ko‘chasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi.
117-sonli "Toshkent quvur zavodi — Food City" — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi.
154-sonli "Bobur mahallasi — Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi" — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi.
87-sonli "Al Xorazmiy mavzesi — Qoraqamish 2/4 mavzesi" — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi ko‘chalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.
17T-sonli "Bekobod mavzesi — Chilonzor buyum bozori" — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayrag‘och, Bekobod, Istirohat ko‘chalari orqali harakatlanadi.