AsosiyDunyo

Dunyoning eng kuchli va eng kuchsiz pasportlari ma’lum qilindi

Jahon davlatlari pasportlarining 2025 yil uchun reytingi e’lon qilindi.

'Dunyoning eng kuchli va eng kuchsiz pasportlari ma’lum qilindi'ning rasmi

Ma’lumki, pasportlarning qudratini baholovchi turli indekslar mavjud bo‘lib, ular orasida Henley & Partners kompaniyasining Henley Passport Index reytingi alohida ahamiyatga ega. Bu reyting pasportlarning qancha mamlakatga vizasiz yoki viza olishda yengilliklar bilan kirish imkoniyatini baholaydi. 

2025 yildagi reytingga ko‘ra, Singapur pasporti dunyodagi eng kuchli pasport sifatida tan olindi. Singapur fuqarolari 195 ta yo‘nalishga vizasiz sayohat qilish imkoniyatiga ega. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya pasporti bo‘lib, u o‘z sohibiga 193 ta mamlakatga vizasiz kirish imkonini beradi. 
Reytingning pastki qismidan esa fuqarolarining vizasiz sayohat imkoniyatlari cheklangan davlatlarning pasportlari o‘rin olgan.

Eng kuchsiz 10 pasport reytingiga 27 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyati mavjud Afg‘oniston pasporti yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi qatorlarni esa mos ravishda Iroq (29 ta mamlakat) va Suriya (33 ta mamlakat) band qilgan.

Keyingi o‘rinlardan esa, tartibiga ko‘ra, Yaman (35), Somali (36), Nepal (38), Falastin muxtoriyati (38), Sudan (39) va Shri-Lanka (41) davlatlarining pasportlari joy olgan. 
Ta’kidlash kerak, pasportning qudratiga ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Iqtisodiy rivojlanish, siyosiy barqarorlik, xavfsizlik va boshqa davlatlar bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarning ko‘lami shular jumlasidandir.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:42

    Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda

    Yangi pul birligi moliyaviy mustaqillik va iqtisodiy tiklanish ramzi sifatida taqdim etildi.

    'Braziliyalik yosh gimnastikachi 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:53

    Braziliyalik yosh gimnastikachi 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi

    Braziliyaning istiqbolli badiiy gimnastikachilaridan biri bo‘lgan Izabel Marsinyak 18 yoshida vafot etdi.

    'Rossiyalik aktrisa Vera Alentova 84 yoshida vafot etdi.'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2025 20:42

    Rossiyalik aktrisa Vera Alentova 84 yoshida vafot etdi.

    “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmidagi bosh roli bilan tanilgan Vera Alentova hayotdan ko‘z yumdi.

    'Тожикистон ва Афғонистон чегарасида қуролли тўқнашув ортидан икки чегарачи ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2025 15:26

    Тожикистон ва Афғонистон чегарасида қуролли тўқнашув ортидан икки чегарачи ҳалок бўлди

    Afgʻoniston tomonidan noqonuniy ravishda chegarani kesib oʻtgan shaxslar bilan toʻqnashuvda Tojikistonning ikki nafar chegarachisi halok boʻldi.

    'KDTR ilk atom suvosti kemasini namoyish qildi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2025 14:49

    KDTR ilk atom suvosti kemasini namoyish qildi

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Il mamlakat tarixida ilk bor atom energetik qurilmasiga ega suvosti kemasini koʻzdan kechirdi.

    'Nigeriyada masjid portlandi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2025 10:42

    Nigeriyada masjid portlandi

    Hodisa ortidan kamida 7 kishi halok bo‘lgan.