Sal avval AQSH Xitoy mahsulotlariga import bojini ko‘tarib qo‘ydi. Trampning qaroridan so‘ng Xitoy ham darhol Qo‘shma Shtatlar mahsulotlariga nisbatan import bojlarini oshirgan edi.
Shundan so‘ng, Pekin Tramp tomonidan joriy etilgan yangi bojxona tariflariga javob qaytardi.
"Agar urush – bu AQSH xohlayotgan narsa bo‘lsa, tarif urushi, savdo urushi yoki boshqa har qanday turdagi urush bo‘lishidan qat’i nazar, biz oxirigacha kurashishga tayyormiz," deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Ushbu bayonotdan so‘ng, AQSH Xitoy bilan urush boshlashga tayyorligini ma’lum qildi Pentagon rahbari.
Pit Hegset bu bayonotni Xitoyning har qanday turdagi urushga tayyorligi haqidagi tahdidlariga javob sifatida berdi.
"Tinchlikka intilayotganlar urushga tayyor bo‘lishi kerak. Biz xavfli dunyoda yashayapmiz, bu yerda kuchayib borayotgan, butunlay boshqa mafkuraga ega davlatlar bor", deya ta’kidladi Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vaziri Fox News telekanali efirida.
"Agar AQSH Xitoy yoki boshqa davlatlar bilan urushning oldini olishni istasa, kuchli bo‘lishi kerak. Prezident Tramp tinchlik faqat kuch orqali ta’minlanishi mumkinligini juda yaxshi tushunadi", deya qo‘shimcha qilgan Pentagon rahbari.