Jenis Dikinson — o`tgan asr, 80-yillarining eng mashhur supermodellaridan biri bo`lgan, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.
U o`tgan haftada, 61 yoshida doktor Robert Gernetga turmushga chiqdi. Nikoh kechasida juftlikning eng yaqin odamlarigina ishtirok etdi. Kelin-kuyov 2012 yilda Gollivudda o`tkazilgan kechalardan birida tanishib qolgan edi. Ammo Dikinsonda ko`krak bezi saratoni aniqlangach, to`y kechiktirilgandi.

Bu nikoh Jenis Dikinson uchun to`rtinchi nikoh hisoblanadi. Supermodel ilgari Gollivudning eng mashhur aktyorlari Jek Nikolson, Bryus Uillis va Silvestr Stallonelar bilan ham ishqiy aloqada bo`lgan.





