AsosiyDunyo

Alisher Usmonov ilk marotaba Shvesariyaning eng boy odamlari ro`yxatiga qo`shildi

Milliarder Alisher Usmonovni shveysarlarning Bilan jurnali ilk marotaba Shvesariyaning eng boy 300 ta odami ro`yxatiga qo`shdi, deb xabar berdi “Srimerussia.com nashri”. 

Shveysariyaning Bilan jurnali mamlakatning 300 ta eng boy odami ro`yxatini e`lon qildi. Ularning orasiga ilk marotaba USM Holdings  kompaniyasi asoschisi va asosiy aksioneri, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ham qo`shildi.

Nashr Alisher Usmonovning boyligini 12–13 milliard Shveysariya franki ($11,8–12,8 milliard dollar) deb baholadi. U jurnal tomonidan tuzilgan ro`yxatga qo`shilgan yangi boylarning eng badavlati, deb tan olindi.

Alisher Usmonov rahbarlik qiladigan Xalqaro qilichbozlik federasiyasining ofisi Shveysariyada joylashgan.

Boshqa yangiliklar