AsosiyShou-biznes

Afsonaviy “Setora” guruhi tiklanmoqda

O`zbek estradasida misli ko`rilmagan mashhurlikka erishgan "Setora" guruhi qizlari asta-sekin tiklanishga qaror  qilgan ko`rinadi, deb yozadi “Sayyod”.

15-dekabr  kuni Toshkentdagi  "Marmaris" restoranida Kamilla va Leyli "Se*tanho" guruhi sifatida yangi qo`shiqning jonli premera qiladi.

Guruhning yana bir xonandasi Feruza Latipova esa ayni damda AQShda yashab, o`sha erda ijod qilmoqda. Shu sababdan “Se*tanho” guruhi hozircha faqat Kamilla va Leylidan iborat bo`ladi.

Feruza Latipova Toshkentga kelganida xonandalar guruhning muxlislari uchun konsert dasturini taqdim etgan edi.

Boshqa yangiliklar