AsosiyJamiyat

Samarqanddan uchgan Rossiya samolyoti nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

Samolyot dvigatelida pompaj yuz bergan.

'Samarqanddan uchgan Rossiya samolyoti nosozlik tufayli aeroportga qaytdi'ning rasmi

12 mart kuni Utair (Rossiya) aviakompaniyasining Samarqanddan Moskvaga (UT-810) uchgan Boeing 737 samolyoti dvigatelida yuz bergan nosozlik tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan.

Qayd qilinishicha, samolyot balandlikka ko‘tarilayotganda chap dvigatelida pompaj yuz bergan. Uchuvchilar dvigatelning quvvatini oshirishga harakat qilgan, ammo yana bir pompaj sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, kema komandiri Samarqandga qaytishga qaror qilgan.

Bir nechta aylanma parvozni amalga oshirgach, samolyot qo‘nish og‘irligi me’yordan yuqori bo‘lsa-da, Samarqand aeroportiga xavfsiz qo‘ngan.

Ayni paytda mutaxassislar nosozlik sabablarini izlash va bartaraf etishga kirishgani ta’kidlanmoqda. «Rosaviatsiya» hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 21:12

    'Parijda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 20:26

    Parijda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

    So‘ng davlatimiz rahbari oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya Prezidentining qarorgohi - Yelisey saroyiga yo‘l oldi.

    'Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 10:12

    Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi

    3 nafar shaxs xonadonni har oyiga 250 AQSH dollaridan ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

    '"Majburiy ovoz yig‘ish uchun maoshingizdan ushlab qolishlariga yo‘l qo‘ymang!”'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 08:36

    "Majburiy ovoz yig‘ish uchun maoshingizdan ushlab qolishlariga yo‘l qo‘ymang!”

    Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi.

    'Andijonda ham yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 08:25

    Andijonda ham yer qimirladi

    Silkinish uchta tumanda qayd etilgan.

    'Bugun O‘zbekistonning bitta viloyatida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 08:19

    Bugun O‘zbekistonning bitta viloyatida yomg‘ir yog‘adi

    Respublikada harorat 15-20° atrofida bo‘ladi.