Tadqiqotchilar topilgan suratning xomaki nusxasi haqiqatan ham italyan olimi va rassomi Leonardo da Vinchiga tegishli ekanligini aniqladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
AQShning Nyu-York shahrida joylashgan Metropoliten muzeyi buyumlarini saqlovchisi topilgan surat haqiqatan ham Leonardo da Vinchi qalamiga mansub bo`lib, unda avliyo Sebastyanning o`limi tasvirlanganligini ma`lum qildi. Surat chapaqay rassom tomonidan 1482 va 1485 yillar oralig`ida, Italiyada Renessans davrida chizilgan. Mazkur surat 15,8 million dollarga baholandi.





