1

2016 yil mobaynida ozishga erishgan rossiyalik mashhur yulduzlar

Dunyo 13.12.2016, 12:41
Teglar: Ozish, Xonanda, Shou-biznes, Aktrisa, Aktyor, Rossiya
2016 yil  mobaynida ozishga erishgan rossiyalik mashhur yulduzlar

O`zi xohlagan narsani iste`mol qilish istagidan voz kechish va ozish hammaning ham qo`lidan kelavermasligini yaxshi bilamiz, deydi “Sosmo.ru” nashri.

Kerakli vazngacha ozib, shunday holatda qolish ham oson ish emas. Rossiyalik mashhur yulduzlar ham chiroyli qomatga erishish uchun soatlab sport zallarda ter to`kib mashq qilishdi, ozdiruvchi parhez taaomlarni iste`mol qilishdi. Quyida sizni 2016 yil mobaynida ozishga erishgan rossiyalik mashhur yulduzlar bilan tanishtiramiz.

Kristina Agilera
Kristina Agilera uchun semizlik bilan kurashish oddiy holga aylangan. Bu yil ham xonanda og`ir vazn bilan bo`lgan navbatdagi “jang”da 38 kilogrammgacha ozib, ulkan g`alabani qo`lga kiritdi. 

Adel
Xonanda Adel do`mboqqina ayoldan ixcham ayolga aylanish uchun 22 kilogrammga ozdi. U bunday muvaffaqiyatga turli ko`katlar, sitrus mevalar, soya, zaytun va zaytun yog`ini iste`mol qilish orqali erishdi.

Alla Pugacheva
Barcha mashhurlar ichida  Alla Pugacheva  20 kilogrammgacha ozib, hammani hayratga soldi. U ovqatlanish tartibini o`zgartirib, soat 23.00 gacha uxlash orqali bunday yuqori natijaga erishdi.

Alina Kabaeva
Gimnastikachi Alina Kabaeva ham semizligini yashiradigan qo`pol liboslarni echishga muvaffaq bo`ldi. Uning so`zlariga qaraganda ozish uchun parhez taomlar iste`mol qilgan, kechasi ovqatlanmagan va faqat sport, sport va yana sport bilan shug`ullangan.

Anfisa Chexova
To`lachadan kelgan Anfisa Chexova bu yil ikki barobargacha ozdi. U yoga bilan shug`ullanib, ovqatlanish tartibiga e`tibor bergan.

Ekaterina Skulkina
2016 yil mobaynida Ekaterina Skulkina 20 kilogrammga ozdi. U ham o`z ustida qattiq ishlagan, sport bilan shug`ullangan, ovqatlanish tartibiga e`tibor qaratgan.

Potap va Nastya Kamenskiylar
Nastyaning irodasiga qoyil qolmay iloj yo`q, u so`ngi oylar ichida uch barobar vazn tashladi. Nastyadan ilhomlangan Potap ham undan qolishmadi, u ham uch oy ichida 20 kilogrammga ozdi. Ularning siri ham oddiy: sport va to`g`ri ovqatlanish.

Olga Kartunkova
Pyatigorsk Quvnoqlar va zukkolar klubi etakchisi bo`lgan aktrisa Olga Kartunkova bu yil tanib bo`lmaydigan darajada o`zgardi. Olga soch turmagini, kiyinish uslubini o`zgartirdi va naq 54 kilogrammga ozdi. Olganing aytishicha, unga ozishda professional dietolog yordam bergan.

Ekaterina Varnava
Ekaterina Varnavaga ozishning hojati bo`lmasa ham, u yanada sarvqomat bo`lish istagida ozishga harakat qildi. Uning judayam ingichkalashib ketayotganidan muxlislari tashvishga tushib, ozishdan to`xtashni maslahat berdi.

Dima Bilan
Bundan bir necha oy muqaddam ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan Dima Bilanning suratlarini tomosha qilgan muxlislari hayratdan lol qoldi, u 12 kilogrammga ozgan edi. Uning ozishiga pishloq iste`mol qilgani sabab bo`lgan. Dima o`zini engil his qilayotganini tan oldi.

Sharhlar

Rossiya Eronga 24ta qiruvchi samolyot bermoqchi

21.04.2024, 17:45

Kelgusi haftada Rossiya Eronga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri ma`lum qilgandi. Eronning bir qator OAVlarining xabar berishicha, Rossiya...
Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

15.07.2023, 09:45

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
Daniyalik siyosatchi Rossiyadagi elchixona oldida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi

30.01.2023, 12:54

Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1