1

2016 yilda “yulduz”larning eng shov-shuvli ajrimlari

Shou-biznes 14.12.2016, 10:19
Teglar: Shou-biznes, Oila, Gollivud
2016 yilda “yulduz”larning eng shov-shuvli ajrimlari

“Gazeta.Ru” nashri 2016 yilda mashhur yulduzlarning eng shov-shuvli ajrimlarini e`lon qildi

Matbuot tomonidan Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashuvi eng shov-shuvli ajrim bo`lib, ro`yxatda birinchi o`rinni egalladi. Ular hamon bolalarga kim  vasiylik qilishi haqida bir qarorga kelolgani yo`q. 

Ember Xerd va Jonni Deppning ajrashuvi ham OAVlar e`tiboridan chetda qolmadi.  Erining zo`ravonligi tufayli ajrashishga qaror qilgan Ember Xerdning harakati katta janjalga sabab bo`ldi. 

2016 yilda mustahkam oila bo`lib tuyulgan  aktrisa Keyt Bekinseyl va rejissyor Len Uayzman, aktyorlar Naomi Uotts va Liv Shrayber, Dayan Kryuger va Joshua Jeksonlarning oilasi ham darz ketdi. 

Xonanda Teylor Svift va aktyor Tom Xiddlstonlarning qisqa muddatli ishqiy munosabatlari  haqida ham ko`plab maqolalar chop etildi. Ba`zi nashrlar buni shunchaki piar, deb izohladi.

Bu yil xonanda Ledi Gaga ham aktyor Teylor Kinn bilan ajrashdi. O`z navbatida aktrisa Dryu Berrimor ham turmush o`rtog`i Uill Kopelman bilan ajrashayotganligini ma`lum qildi.

Bundan tashqari, aktyor Tobi Maguayr rafiqasi Jennifer Meyer bilan, aktyorlar Jeyms Makevoy esa Enn-Mari Daff bilan ajrashdi.

Umuman olganda 2016 yil mashhurlarning “yulduzli” ajrashuvlar mavsumi bo`ldi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video)

03.12.2020, 20:22

"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1