Shoira M.Ahrorova "Dod degim kelyapti dastingdan" nomli mualliflik she’rini ijrochi F.Karimova ruxsatsiz "Dastingdan" nomli qo‘shig‘ida foydalanilganidan norozi bo‘ldi.
Shundan so‘ng ijrochidan tovon puli va ma’naviy zarar undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.
Sudning so‘rovi asosida Adliya vazirliging mas’ul xodimlari ushbu sud majlisida mutaxassis sifatida ishtirok etib, holatga huquqiy baho berdi, deya xabar berdi Intellektual mulk departamenti.
Sud majlisi davomida aniqlanishicha ijrochi F.Karimova "Dastingdan" nomli qo‘shig‘ini ijro etishda hamda barchaning e’tiboriga yetkazishda shoira M.Ahrorovaning "Dod degim kelyapti dastingdan" nomli she’riga bo‘lgan mualliflik huquqlarini buzgan.
Sudning tegishli qaroriga muvofiq, shoira M.Ahrorova foydasiga ijrochi F.Karimovadan BHMning 100 barobari ya’ni 37.500.000 so‘m miqdorida tovon puli hamda 5.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.