Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi mahallalardan birining raisi ayol kishini kaltaklagani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aytilishicha, joriy yilning 15 mart kuni Ko‘kdala tumandagi “Zum” mahallasi raisi o‘zining yaqin qarindoshi bo‘lgan O.B.ning xonadonida bo‘lib turgan vaqtida, o‘rtada kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jabrlanuvchi O.B.ga qo‘l ko‘targan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda gumondor shaxsga nisbatan IIO tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv hamda ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu holat haqida yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi.