1

Bugun noyob super oy hodisasi ro`y beradi, energetik quvvatga to`lishga tayyor bo`ling!

Dunyo 14.12.2016, 12:02
Bugun noyob super oy hodisasi ro`y beradi, energetik quvvatga to`lishga tayyor bo`ling!

Bugun 2016 yilning 14 dekabr kuni sovuq qish osmonini super to`lin oy egallaydi, u nafaqat nur taratadi, balki o`zi bilan kuchli energetik quvvat oqimini olib keladi, deb xabar berdi “Smootrim.ru” nashri. 

Super oy barcha boshlagan ishlarimizning muvaffaqiyatli yakun topishida bizga katta yordam beradi. U hayotimizni toza sahifadan boshlashga, yangi loyihalarni, rejalarni amalga oshirishimizda, yangi uyga yoki boshqa shaharga ko`chib o`tishimizda bizga ko`makdosh bo`ladi.

Uning energetik quvvati bizni eski qarzlardan, qiyinchiliklardan qutqaradi. Biomaydonimiz Super oyning kuvvati bilan to`lib-toshadi. Ilgari o`zida ektrasenslik qiobiliyatini sezmagan odamlar ham bugun tabiatning bunday hadyasidan unumli foydalanib, oilasi, uyi, ishi uchun omad chaqirishi mumkin.

To`lin oy kechasida bizni koinot bilan ajratib turuvchi organizmimizning barcha tizimi, shu bilan birga ichki kechinmalarimiz ham ochilib, faollashadi. Shuning uchun barcha tashqi omillar ob-havo, voqealar, boshqa insonlarning so`zlari bizga kuchliroq ta`sir etadi. Bugun his-tuyg`ularni boshqarish biroz qiyin kechadi, arzimagan narsaga ko`z yosh yoki ilgari aytishga jur`at etmagan odamingizga sevgi izhor qilish osonroq kechadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1