AsosiyJamiyat

O‘qituvchilarga 1 oktyabr munosabati bilan beriladigan mukofot puli oshirildi

Ushbu o‘zgarish 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab kuchga kiradi.

'O‘qituvchilarga 1 oktyabr munosabati bilan beriladigan mukofot puli oshirildi'ning rasmi

O‘zbekistonda pedagog xodimlarga 1 oktyabr munosabati bilan beriladigan mukofot puli oshirildi. 

Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanishi mumkin.

Ushbu o‘zgarish 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab kuchga kiradi. Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.

Ilgari o‘qituvchilar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (577 500 so‘m) miqdorida mukofot olishgan.

 

    Boshqa yangiliklar