AsosiyJamiyat

Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning vatanga qaytishida bir nechta davlat tashkilotlari birdamlikda harakat qilgan.

'Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Bugun, 29 mart kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bolalar Toshkent xalqaro aeroportida qabul qilib olingan. Havo kemasi bortida bolalarga Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohlik qilgan.

Jarayon davomida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bolalarni vatanga qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan.

“Bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, ularning 4 nafari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan o‘z oilalariga, 7 nafari esa vasiylik va homiylik tayinlangan holda yaqin qarindoshlariga topshiriladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning kelgusidagi yashash joylarida ham davom ettiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:42

    O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida milliy armiyani zamonaviy tahdidlarga tayyorlash, uni yuqori texnologiyali va tezkor kuchga aylantirish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

    'Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди

    Таиланднинг Пхукет оролида ичида 3 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳам бўлган картер ҳалокатга учради.

    'Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

    Ҳодиса ҳайдовчининг йўл ҳаракати қоидаларини бузиши оқибатида содир бўлган.

    'Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:16

    Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin

    Dmitriy Medvedev AQSh Prezidenti Donald Trumpni Grenlandiya masalasida shoshilishga chaqirdi va orol aholisi Rossiyaga qoʻshilishi mumkinligini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    'Samarqand tumani tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:07

    Samarqand tumani tugatiladi

    Samarqand shahri "millionli shahar"ga aylantirilishi doirasida Samarqand tumani alohida ma'muriy-hududiy birlik sifatida tugatilishi rejalashtirilmoqda.