Ma’lum qilinishicha, chiptalarni elektron shaklda avtoticket.uz sayti hamda “UzBus” mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Toshkent“ avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.
Transport vazirligining xabar berishicha, mazkur yo‘nalishda qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari “Yutong” avtobuslarida amalga oshiriladi.
Ilk qatnov joriy yilning 8 aprel kuni bajariladi. Avtobus “Toshkent“ avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan.