Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va boshqa idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar B.B. va M.A. 50 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.S., A.G. va A.K. 46 dona “Zardeks” dori vositasini sotish jarayonida qo‘lga olingan.
Yana bir holatda, Uchtepa tumanida fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Oniks” avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, uning salonida sotish maqsadida olib kelingan 930 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.






